So’nggi yangiliklar

23:59"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муваффақиятли серияни давом эттирмоқда 0 18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0 17:41Отабек Умаров: "Марафонда қатнашган ва уни юқори савияда ташкил этганларга раҳмат" 0 17:20Роналдиньо: "Ямал ақл бовар қилмайдиган ишларни бажаряпти” 0 16:59Осиё чемпионати. Боксчи-йигитларимиз Марказий Осиё дербиларида ғалаба қозонишди 0 16:38Бокс бўйича Ўзбекистон чемпиони Қозоғистон терма жамоаси сафида дебют қилди 0 16:17Рустам Ассакалов Осиёда 2025 йилнинг энг яхши юнон-рум кураши мураббийи деб топилди 0 15:56ПСЖ Мартинелли учун курашга қўшилди 0 15:35Марказий жанги Двалишвили - Сехудо бўлган RAF 8 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 15:14Шаҳрам Ғиёсов - Жек Кеттерол чемпионлик жанги учун расмий постер тақдим этилди + ФОТО 0 14:53Хабиб "Атлетико" - "Барселона" ўйинига ташриф буюрди ва мадридликлардан совға олди + ФОТО 0 14:32Суперлига 6-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди. "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйинини ким бошқаради? 0 14:11Қизиқ! Дерек Чисора аниқ зарбалар сони бўйича Деонтей Уайлдерни ортда қолдирди 0

20 apr 19:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschilarimiz onlayn-mashg'ulot o'tkazishdi

Teglar :  Boks
Bugun, 20 aprel kuni boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari videoaloqa orqali navbatdagi mashg'ulotni olib borishdi.

Ushbu videomashg'ulotlarni Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, MOQ vice-prezidenti va O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, MOQ qoshidagi tezkor shtab boshlig'i SHerzod Tashmatov, MOQ va boks federaciyasi mutasaddilari kuzatib borishdi. 

Konferenciya davomida terma jamoamiz katta murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov 8 nafar bokschimiz bilan belgilangan reja asosida onlayn-mashg'ulot o'tkazdi. 

Ushbu mashg'ulot yakuniga etgach, mutasaddilar bokschilarimiz bilan suhbatlashishdi. 

Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Rustam SHoabdurahmonov konferenciya davomida bokschilar bilan muloqot qilar ekan, ularning sharoiti bilan qiziqdi. SHuningdek, ayni paytda o'quv-mashg'ulot yig'inlari, xorijiy musobaqalar uchun rejalar ishlab chiqilayotganini takidladi. Ayni paytda karantin qachon yakunlanishi nomalumligi, shunday bo'lsada sportchilarning fikrlarini eshitgan holda, kelajak uchun rejalar tuzib olish zarurlini aytib o'tdi.


"Ayni paytda butun dunyodagi sportchilar bir hil sharoitda. Karantindan keyin barcha sportchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Vitaminizaciya va boshqa masalalar ham ko'rib chiqiladi", - deya qo'shimcha qildi MOQ rahbari. 

Videokonferenciyada qatnashgan Rashvan Ermatov quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Sportchilarimiz mana shunday holatda ham mehnat qilishda davom etishmoqda. Mana shunday mashg'ulotlar uchun ham o'zbek bokschilari jahonda tengsizlar. O'z navbatida nafaqat sportchilar, balki ularning murabbiylariga ham minnatdorchilik bildiraman. SHunday ruxda davom etamiz. Nasib qilsa tez kunlarda ushbu sinovli kunlar ham ortda qoladi. Ishni professional tarzda tashkil etish bo'yicha O'zbekiston boks federaciyasini barchaga namuna sifatida ko'rsatsak bo'ladi", - dedi Ravshan Ermatov. 

MOQ vice-prezidenti va boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov esa imkon qadar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlash lozimligi haqida gapirdi. 

"Hozirgi sharoitda to'xtab qolganimiz yo'q, lekin bunday mashg'ulotlar o'z oldiga jiddiy maqsadni qo'yadigan sportchilar uchun kamlik qiladi. SHu bois, imkon qadar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlash lozim. Bu nafaqat boks, balki dzyudo, taekvondo, sport kurashlari kabi terma jamoalarimizga ham taaluqli. Bu orqali sportchilarimiz o'z formalarini yaxshi holatda ushlab turishlari mumkin, shuningdek ularda ortiqcha vazn to'planishini oldini olamiz. Ortiqcha vazn keyinchalik sportchilar uchun muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Oldinda ajoyib rejalar bor. Buning uchun Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga minnatdorchilik bildiraman", - dedi Saken Polatov. 

Konferenciya davomida shuningdek ilmiy kengash vakili professor Rustam Xolmuhammedov ham mutasaddilar va sportchilarimizga o'zining tegishli tavsiyalarini berdi. 

SHu tariqa, MOQ va vazirlikning O'zbekiston boks federaciyasi bilan videokonferenciyasi o'z yakuniga etdi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing