22 may 12:12
Yangiliklar

Bokschilarimiz Qozog'istondagi musobaqada ishtirok etishmoqda
Musobaqada O'zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Mo'g'uliston, Xitoy, Qirg'iziston va Qozog'istondan bokschilar ishtirok etishmoqda. Turnirda yurtimiz sharafini Mansurjon Ismatullaev (-52 kg), Foziljon Abdumuradov ( -52 kg), Oybek Jo'raev (-56 kg), Jahongir Rasulov (-64 kg), Jahongir Rahmonov (-69 kg), Asadbek SHodiboev (-69 kg), Temurxon Sobirov (-75 kg), Odiljon Aslonov (-81 kg), SHuhrat Abdullaev (-81 kg), Jamshid Abdullaev (-91 kg) kabi bokschilarimiz himoya qilishmoqda. Yigitlarimiz turnirda murabbiylar Ilyos Rahimjonov, Asqar Sultonov va Qo'ldoshboy Tojiboev qo'l ostida ishtirok etishmoqda. Ahmad Fozilov esa hakam sifatida turnirda faoliyat olib bormoqda.
Bahslar 24 maygacha davom etadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar