06 may 12:13
Yangiliklar

Bokschilarimiz Xabarovskdagi xalqaro turnirga jo'nab ketishdi
Musobaqada jahonning 20 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin charm qo'lqop ustalari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi.
Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham bahslarda ishtirok etishadi. Bugun turnirda qatnashadigan bokschilarimiz Xabarovskka jo'nab ketishdi.
Terma jamoamiz quyidagi tarkibda Rossiyaga yo'l oldi:
-52kg: Abrorjon Qodirov
-57kg: Xudoynazar Fayzov
-69kg: Saidjamshid Jafarov
-69kg: Bilolbek Mirzarahimov
-75kg: Bahromjon Fozilov
-81kg: Abdukarim Farmonov
+91kg: Lazizbek Mullajonov
+91kg: Ulug'bek Mubinov
Murabbiylar: Ravshan Xodjaev, Alisher To'ychiev.
SHavkat Badalov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar