So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

31 iyu 20:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Kamondan otish, Parij-2024

Bokschilarimizda g'alaba, Bobonovda sensacion mag'lubiyat va boshqa natijalar (5-kun yakunlari)

Bugun, 31 iyul kuni Parij Olimpiadasining 5-kun bellashuvlari o'tkazildi.

Kun davomida quyidagi sportchilarimiz bahslarda ishtirok etishdi: 

Akademik eshkak eshish. Engil vaznli qayiqlar, juftlik. SHahzod Nurmatov/Sobir Safaraliev - S finalda o'z guruhida  3-bo'lib marraga keldi. Yigitlarimiz Olimpiadani umumiy hisobda 15-o'rinda yakunlashdi. 

Dzyudo. Davlat Bobonov (-90 kg) - ilk bosqichda Aram Grigoryanga mag'lub bo'ldi.

Dzyudo. Gulnoza Matniyazova (-70 kg) - birinchi bosqichda KXDR vakilasini mag'lub etdi, ikkinchi bosqichda yaponiyalik raqibga mag'lub bo'ldi.

Boks. Abdumalik Xalokov - Nebil Ibrahim (SHveciya) (-57 kg) - Abdumalik Xalokov 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

Kamondan otish. Amirxon Sodiqov - 1/32 finalda argentinalik raqibni 6:2 hisobida mag'lub etdi, 1/16 finalda Olimpiada chempioni hisoblangan italiyalik raqibga 4:6 hisobida yutqazdi. 

Kamondan otish. Ziyodaxon Abdusattorova - 1/32 finalda chexiyalik raqibasiga 2:6 hisobida mag'lub bo'ldi.

Boks. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Muhamed Al Avadi (Misr) (-71 kg) - Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev 5:0 hisobida g'alaba qozondi.



Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi.


SAHIFANI YANGILASH


19:37. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev misrlik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi!


18:25. Ziyodaxon Abdusattorova 1/32 finalda chexiyalik raqibasiga 2:6 hisobida yutqazdi. Afsus...


17:31. Kamondan otish. Amirxon Sodiqov London Olimpiadasi chempioni, Tokio Olimpiadasi kumush medali sohibi hisoblangan italiyalik Mauro Nespoliga qarshi bahsda 4:6 hisobida yutqazdi. Sportchimiz bahsni juda yaxshi boshlagandi. Afsuski yakunda italiyalik mergan tajriba evaziga vaziyatni o'z tomoniga og'dirib ketdi... Exxx...


16:44. Endi Amirxon Sodiqov 17:10 dan so'ng 1/16 finalda italiyalik Mauro Nespoliga qarshi bahs olib boradi.


16:35. Kamondan otish. Amirxon Sodiqov argentinalik raqibini 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va 1/16 finalga yo'l oldi!


16:23. Amirxon Sodiqov o'z ishtirokini boshlamoqda.


15:15. Kamondan otish bahslari boshlandi. Amirxon Sodiqov argentinalik raqibga qarshi ishtirokini 16:15 dan so'ng boshlandi. Ziyodaxon Abdusattorova esa 18:00dan so'ng chexiyalik sportchi bilan bahs olib boradi. 


14:38. Davlat Bobonov ilk bosqichda BAA vakiliga imkoniyatni boy berdi.


14:25. Gulnoza Matniyazova 1/8 finalda yaponiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi.


14:14. Abdumalik Xalovokv shveciyalik raqibini chiroyli tarzda mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi!


13:30. -70 kg vaznli dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova Parij Olimpiadasidagi ilk jangini KXDR vakilasiga qarshi o'tkazdi va g'alaba qozondi. Raqiba taqiqlangan usulni amalga oshirgani uchun chetlatildi va g'alaba sportchimizga berildi.


12:49. Akademik eshkak eshish. SHahzod Nurmatov va Sobir Safaraliev C finalda ishtirok etib, 6:31.33 daqiqa ko'rsatishdi va marraga 3-bo'lib etib kelishdi. Ushbu natija orqali ular Olimpiadani 15-o'rinda tugatishdi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing