28 may 08:16
Yangiliklar

Bokschilarimizdan KOSMOS: Bokudagi musobaqada 8 ta oltin medalni qo'lga kiritdik!
Musobaqa o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustalari uchun ajoyib natija bilan yakunlandi. Finalga 8 nafar bokschimiz yo'l olgani haqida xabar qilgandik.
Quvonarlisi, final bellashuvlarda qatnashgan bokschilarimizning barchasi Ozarbayjondan oltin medal bilan qaytadigan bo'ldi. O'tkazilgan final bahsi yakunlariga ko'ra finalda ringga ko'tarilgan bokschilarimizning barchasi g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Ozarbayjondagi musobaqadan Humoyunmirzo Abdurasulov (-35,5 kg), Hojiakbar Mahmudov (-38,5 kg), Farrux To'laganov (-40 kg), Jamoliddiin Xoliqov (-41,5 kg), Lazizbek To'lqinov (-50 kg), Dalerjon Bozorov (-52 kg), Jahongir Narziev (-57 kg), Abdulaziz Abdurahmonov (-59 kg) oltin, Boburbek Bobojonov (-46 kg) va Jasurbek Mo'minov (-54 kg) bronza medali bilan qaytadilar.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi musobaqada murabbiylar SHerzod Abdurahmonov va Sirojiddin Adinaev qo'l ostida 10 nafar bokschi bilan ishtirok etdi va yakunda yosh charm qo'lqop ustalarimizning barchasi sovrindorlar qatoridan o'rin oldi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar