05 noy 17:44
Yangiliklar

Bokschimiz AQSHda 19 ta jangning barchasida g'alaba qozongan raqibga qarshi ringga chiqadi
Hamyurtimiz 7 noyabr kuni AQSHning Arizona shtati Tuson shahridagi Casino Del Sol arenasida prof faoliyatidagi 20-jangida ringga ko'tariladi. Xudoynazarovning raqibi mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan meksikalik Santyago Dominges bo'ladi.
Malumot uchun, 28 yoshli Dominges prof ringda 19 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alaba qozongan. O'n beshta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. 35 yoshli bokschimiz esa 19 ta jangining 17 tasida g'alabaga erishgan. Hisobida 13 ta nokutli g'alaba bor. So'nggi ikkita jangida esa mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Xudoynazarov - Dominges jangi vakant bo'lib turgan World Boxing Council United States (USNBC) kumush kamari uchun kechadi. Ushbu boks oqshomi amerikalik afsonaviy bokschi Roy Jons tomonidan tashkil etilyapti.
Fikrlar