09 iyu 20:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschimiz Ulug'bek Sobirov yangi kompaniya bilan shartnoma imzoladi
Professional bokschimiz Ulug'bek Sobirov yangi promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi.
Bokschimiz Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda bu haqida malumot berdi.
"Endi professional faoliyatimni Hindistonning "Hope and Glory" promouterlik kompaniyasida davom ettiraman. SHartnoma to'rt yil muddatga imzolandi. Unga ko'ra yiliga o'rtacha hisobda uchta jang o'tkazaman", - dedi Ulug'bek Sobirov.
Eslatib o'tamiz, 1998 yilda tavallud topgan Sobirov shu kungacha prof ringda 11 ta jang o'tkazgan va ularning 10 tasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). 1 ta jangda esa imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Biz bokschimizga prof ringdagi yangi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar