So’nggi yangiliklar

17:02"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди 0 16:39UFC собиқ чемпиони полицияда ишламоқда (ФОТО) 0 16:16Саблячи қизларимиз ҳам Осиё чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:53Махачев: "Тез орада катта янгиликлар бўлади" 0 15:26Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин 0 15:02Топурия: "Оливейрани биринчи раундда финиш қиламан" 0 14:39UFC Baku: Бугун ўтказиладиган турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:18Billie Jean King кубоги. Ўзбекистон Сингапурга қарши 7-8-ўринлар учун кортга чиқди 0 13:57Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор 0 13:36UzChess Cup. Учинчи тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 13:15Эркин курашчиларимиз Осиё чемпионати шоҳсупасида + ФОТО 0 12:54Дукентда Европа Кубогига тайёргарлик кўраётган дзюдочи қизларимизнинг машғулотидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:33Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 12:12Berlin Tennis Open. Арина Соболенко 4 та матчболдан чиқиб кетди 0 11:5150 ёшли Оксана Чусовитина Жаҳон челленж кубогида кумуш медални қўлга киритди 0

27 may 09:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Boku. 2 bokschimizda bronza, bugun 8 nafar hamyurtimiz finalda ringga chiqadi

Teglar :  Boks
Xabar berib o'tganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida "Geydar Alievning 96 yilligi"ga bag'ishlangan xalqaro musobaqa bo'lib o'tmoqda.

Kecha turnir doirasida yarim final janglari bo'lib o'tdi. Unda ringga ko'tarilgan bokschilarimizning 8 nafari g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi. Ikki bokschimiz esa imkoniyatni boy berib qo'ydi va bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Bugun final doirasida Humoyunmirzo Abdurasulov (-35,5 kg), Hojiakbar Mahmudov (-38,5 kg), Farrux To'laganov (-40 kg), Jamoliddiin Xoliqov (-41,5 kg), Lazizbek To'lqinov (-50 kg), Dalerjon Bozorov (-52 kg), Jahongir Narziev (-57 kg), Abdulaziz Abdurahmonov (-59 kg) kabi yosh bokschilarimiz ringga ko'tariladilar. 

54-kg vazndagi Jasurbek Mo'minov ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi, -46 kg vazn toifasidagi Boburbek Bobojonov ham yarim finalda mezbon sportchi Ravan Xachievga yutqazib qo'ydi va bronza medaliga sazovor bo'ldi. Eslatib o'tamiz, bokschilarimiz musobaqada murabbiylar SHerzod Abdurahmonov va Sirojiddin Adinaev qo'l ostida ishtirok etishmoqda.

Final janglari Toshkent vaqti bilan soat 16:00 dan so'ng boshlanadi. 

Boks haqidagi eng so'nggi yangiliklarni TELEGRAM orqali kuzatib boring!

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing