So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

04 apr 11:01
Yangiliklar

Xokkey

Bo'lajak raqibimiz Quvaytning shashti baland

Teglar :  Quvayt
Avval xabar berganimizdek, 13-19 aprel kunlari shaybali xokkey bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk bora jahon chempionatida ishtirok etadi.

Dastlabki uchrashuvda hamyurtlarimiz Quvayt termasi bilan kuch sinashadi. Quvayt qishki o'yinlar associaciyasi prezidenti Fahid Al-Ajmi Armanistonda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida hamyurtlari umidli o'yin ko'rsatishiga ishonch bildirmoqda .

Latviyalik murabbiy Andris Bartkevich boshchiligidagi terma jamoa dastlab o'z yurtida yig'in o'tkazdi, aprel oyi boshida Erevanda o'tadigan jahon chempionati oldidan esa Bolgariyada shug'ullanishlari ko'zda tutilgan.

Uzoq yillar Germaniyada ishlagan latviyalik mutaxassis Andris Bartkevich shu yil qishda Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari oldidan Quvayt terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi.

- Keskin kurashda faqat Qirg'iziston termasidan engildik. Raqibimiz jahon chempionatlari tasnifida bizdan ikki divizion yuqori ekanini inobatga olinsa, yomon natija ko'rsatmadik. Osiyo o'yinlaridagi tajriba bizga jahon chempionatida qo'l keladi, - dedi Fahid Al-Hajmi. 

Malumot o'rnida, Osiyo o'yinlarida Quvayt qo'shimcha vaqtda (overtaymda) 8-9 hisobida qirg'izistonliklardan mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, so'ngra Singapur (10-3), Bahrayn (34-0) va Turkmaniston (8-4) ustidan zafar quchdi.

Eslatib o'tamiz, IIHF tasarrufidagi jahon chempionati IV divizion o'yinlari Armaniston poytaxti Erevan shahrida o'tkaziladi.

Mirzahakim To'xtamirzaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing