17 noy 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Bo'lar ekan-u, yigitlar! Osiyo chempionatining ikkinchi oltin medali cho'ntagimizda!
Ulan-Bator shahrida yakuni sari yaqinlashayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yana bir final jangi bo'lib o'tdi.
Qita chempionatining -81 kg vazn toifasida o'tkazilgan bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan bokchimiz SHohjahon Abdullaev terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.
U hal qiluvchi final jangida xitoylik Xalimulati Rexemanduga qarshi ringga ko'tarildi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Terma jamoamizda ikkinchi oltin medal!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar