21 jan 08:15
Yangiliklar
Tennis
Boris Bekker: “Jokovich US Open finalida Marrey yoki Nadalga yutqazishi mumkin, lekin Istominga emas”
Dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovichning sobiq murabbiyi germaniyalik afsona Boris Bekker serbiyalik tennischining hamyurtimiz Denis Istomindan Australian Open turnirining ikkinchi davrasida uchralgan mag'lubiyatiga o'z munosabatini bildirdi.
“Men Novakni bu uchrashuvda umuman taniy olmadim. Bu men bilgan Jokovich emas. Unda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq va ishonchni ko'rmadim. Juda g'alati, nima deyishni ham bilmayman.
Novak US Open finalida Marrey, Nadal yoki Vavrinkaga yutqazishi mumkin, lekin Denis Istominga emas. Uning jarohati yo'q edi. Uchinchi setdan so'ng 2:1 hisobida oldinga ham chiqib olgandi.
Havola :
Fikrlar