11 may 11:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Bosh qismiga 100 ta aniq zarba qabul qilgan Fergyusonga tashxis qo'yildi
Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson kecha vatandoshi Jastin Getjiga qarshi jangdan keyin gospitalga olib ketilgan edi.
UFC prezidenti Dana Uayt Fergyusonga qo'yilgan tashxis va Tonining hozirgi holati haqida xabar berdi. Danaga ko'ra Fergyusonning ko'z soqqasi singan. Kechagi jangda Jastin Getji tomonidan berilgan 143 ta zarbadan roppa-rosa 100 tasi Toni Fergyusonning bosh qismiga aniq etib borgan.
Eslatib o'tamiz, Toni Fergyuson kecha 2012 yildan beri ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan edi.
Havola :
Fikrlar