03 may 12:03
Yangiliklar
Bo'stonliqda veloshosse bo'yicha ko'pkunlik Respublika chempionati yakunlandi
Unda yurtimizning barcha hududlaridan 70 nafarga yaqin velosportchi ishtirok etib, 4 bosqichda o'zaro bellashdi.
Turnirning yakuniy bosqichida ishtirokchilar 85 km masofaga o'zaro bahs olib borishdi. Unda Akrom Sunnatov g'oliblikni qo'lga kiritdi. Damir Zabirov ikkinchi, Nikita Stenkavoy uchinchi o'rinni egalladi.
G'oliblar diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Quyida sportchilar qayd etgan natijalar bilan batafsil tanishishingiz mumkin:
SHaxsiy vaqt – 40 km
1. Samandar Sultonov (Xorazm viloyati) 52:39
2. Konstantin Elli (Toshkent viloyati) 54:42
3. Nikita Stenkovoy (Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi) 54:57
Guruh poygasi – 124 km
1. Damir Zabirov (Toshkent viloyati) 3:02:02
2. Akrom Sunnatov (Toshkent viloyati) 3:02:02
3. Konstantin Elli (Toshkent viloyati) 3:02:02
Guruh poygasi – 132 km
1. Damir Zabirov (Toshkent viloyati) 3:35:42
2. Akrom Sunnatov (Toshkent viloyati) 3:35:44
3. Abduhamid To'ychiev (Toshkent viloyati) 3:36:36
Guruh poygasi – 85 km
1. Akrom Sunnatov (Toshkent viloyati) 2:31:49
2. Damir Zabirov (Toshkent viloyati) 2:33:04
3. Nikita Stenkavoy (Toshkent viloyati) 2:33:35
Fikrlar