28 avg 22:19
Yangiliklar
Tennis
Boykot qilmoqchi bo'lgan Naomi Osaka Nyu-Yorkdagi turnir yarim finalida o'yin o'tkazdi
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Nyu-Yorkdagi "Premer" turkumidagi turnirning yarim finalida belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 3 daqiqa davom etgan o'yinda Osaka raqibasini 6:2, 7:6 hisoblarida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, Osaka AQSHda policiya tomonidan qora tanli aholiga nisbatan zo'ravonliklar kuchaygani sabab musobaqadagi ishtirokini to'xtatmoqchi ekanligini aytib, boykot elon qilgandi. Yakunda esa tashkilotchilar bilan kelishuvga erishgan.
U musobaqa g'olibligi uchun endi finalda Viktoriya Azarenko - Yoanna Konta o'yini g'olibasiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar