11 jan 12:23
Yangiliklar
Futbol
Braziliyalik yarim himoyachi "Paxtakor" yig'iniga qo'shiladi
SHu paytga qadar Portugaliyaning AVS SAD jamoasida o'ynagan Jonatan Lukka Turkiyaga yo'l oldi.
Malumotlarga ko'ra, tajribali futbolchi "Paxtakor"ning Turkiyadagi yig'inida ishtirok etadi.
Faoliyati mobaynida Portugaliya, Norvegiya va boshqa davlatlarda to'p tepgan futbolchi "Paxtakor"ga o'tishi kutilmoqda. Transfermarkt portali uning narxini 250 ming evroga baholagan.
Avvalroq "sherlar" braziliyalik darvozabon Jonatan Sikeyraga qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi.
Havola :
Fikrlar