24 apr 16:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Breaking news. Mayk Tayson ringga qaytmoqda
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson ringga qaytishini elon qildi.
Superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni karantindan unumli foydalangan holda mashg'ulotlarni boshlab yuborgan. Temir Mayk ikkita ko'rgazmali jang o'tkazishni rejalashtirgan.
"Bir haftadirki, men mashg'ulot o'tkazyapman. Murabbiy bilan birga "lapa"da ishlayapmiz. Mashg'ulotdan keyin tanam zirqirab og'riyapti. Bu yoshda faol sportga qaytish mushkul. Lekin ringga munosib tarzda qaytish uchun astoydil shug'ullanmasam bo'lmaydi. Bo'lajak janglarimdan tushadigan mablag' xayriya ishlariga - narkotikdan aziyat chekayotganlar va ularni hayotga qaytarish, uysizlar uchun sarflanadi", - dedi Tayson.
Havola :
Fikrlar
Lekn xammasidan zerikkan
Musulmon diniga kirib xuzr xalovat topgan
Taysn daqasi yoq xozr
Ringa qaytishga qrib qoldi chamanda