07 jan 18:25
Yangiliklar
Tennis

Brisben (WTA). Plishkovaning mavsumdagi ilk sovrini
CHexiyalik tennis malikasi Karolina Plishkova joriy mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi ettinchi titulini qo'lga kiritdi.
Plishkova Avstraliyaning Brisben shahrida o'tkazilgan nufuzli turnirda bosh mukofotga ega chiqdi. U bir soat 7 daqiqa davom etgan final uchrashuvida franciyalik Alize Korneni 6:0, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Dunyoning oltinchi raqamli tennischi bo'lib turgan Karolina 191,418 AQSH dollar mukofot puli hamda 470 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
Final
Karolina Plishkova (CHexiya, 3) – Alize Korne (Franciya) – 6:0, 6:3
Havola :
Fikrlar