So’nggi yangiliklar

19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0 16:58Холдаров ва Олимов Арманистонда илк жангларини ўтказди 0 16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:33Рамазон Темиров: "Бу жангда ютсам, Эрцегнинг ўрнига кўтариламан, деб ўйлайман" 0 14:12Трамп Инфантинони яна бир катта лавозимга тайинламоқчи 0 13:37Богдан Гусков: «Анкалаев ярим оғир вазн тоифасидаги энг кучли жангчи» 0 13:00FIDE Самарқанддаги Олимпиада олдидан Беларусь шахматчиларига нисбатан қўлланган барча санкцияларни бекор қилди 0 12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0

26 mar 09:17
Yangiliklar

Eshkak eshish, Olimpiya o'yinlari

Yo'g'e?! 2032 yilgi Olimpiadada eshkak eshish musobaqalari timsohlar yashaydigan daryoda o'tkazilishi mumkin

Olimpiada-2032'da eshkak eshish musobaqalari timsohlar yashaydigan daryoda o'tkazilishi mumkin.

2032 yilgi Olimpiada 23 iyuldan 8 avgustgacha Avstraliyaning Brisben va Kvinslend shaharlarida o'tkaziladi.

Kvinslend hukumati eshkak eshish musobaqalarini Rokgempton shahri yaqinidagi Ficroy daryosida o'tkazishni taklif qildi. Bu daryo timsohlar yashaydigan hudud sifatida tanilgan.

Bungacha ushbu joy turli musobaqalar oldidan eshkak eshuvchilarning tayyorgarlik bazasi sifatida foydalanilgan.

"Rokgemptonda eshkak eshish musobaqalari  o'tkazilishini elon qilishdan juda mamnunman. Ularni Sidneyga ko'chirish bo'yicha takliflar bor edi, lekin bu Olimpiada shukuhini bu erda qoldirish uchun ajoyib imkoniyat, biz bu imkoniyatdan foydalanishimiz kerak", — dedi Kvinslend bosh vaziri Devid Krizafulli.

Krokodillarni ko'paytirish bilan shug'ullanadigan ferma egasi Jon Leverning aytishicha, musobaqalar xavfsiz bo'ladi.

"Timsohlar asosan kechqurun faol bo'ladi, musobaqalar esa kunduzi o'tkaziladi. Ular asosan qirg'oqda ov qiladi, poygalar esa chuqur suvda bo'ladi. Daryoga yo'l olganingizda avtobus ostida qolishingiz ehtimoli timsoh hujumiga uchrash ehtimolidan ko'ra yuqori", — dedi u.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing