05 okt 13:01
Yangiliklar
Brisbane-2032 Olimpiadasining kakadu qushidan ilhomlangan logotipi rasman taqdim etildi (FOTO)
Uning dizayni Avstraliyaga xos pushti kakadu qushidan ilhomlangan.
Aslida logotip ikki kundan keyin elon qilinishi rejalashtirilgan edi. Biroq Brisbane-2032’ning rasmiy YouTube kanaliga video muddatidan oldin qisqa vaqtga joylangan va keyin o'chirib tashlangan.
SHundan so'ng Brisbane-2032’ning Instagram sahifasi ushbu holatni hazil bilan qabul qilib, yangi logotipni rasman namoyish etdi. Logotipda pushti kakadu tasvirlangan. Avstraliya muzeyi bu qushni mamlakat ichki hududlarining ramzlaridan biri sifatida tariflaydi.
Mazkur qush ilgari Mayor Mitchell kakadusi nomi bilan ham tanilgan. Tomas Mitchell 1836 yilda uni o'z yozuvlarida tasvirlagan. Keyinchalik uning nomi qush nomidan olib tashlangan — bunga Mitchellning o'sha yili Yangi Janubiy Uelsdagi mahalliy xalqlar bilan bog'liq voqealardagi roli sabab bo'lgan.
Brisben-2032 Olimpiadasigacha olti yildan kamroq vaqt qoldi.

Fikrlar