25 noy 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Bu fakt! Uaylder nokautga qadar Ortisga imkoniyatni boy berayotgan ekan
Xabaringiz bor, kecha AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi super boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder hamda kubalik davogar Luis Ortis o'rtasida bo'lib o'tdi. Unda Uaylder ettinchi raundda raqibini nokaut qilishni uddaladi.
Etiborli jihati shundaki, Ortis nokaut bo'lguniga qadar Deonteyni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etayotgan bo'lgan. Hakamlarning olti raund uchun taqdim etgan ochkolari 58:56, 59:55, 59:55 ko'rinishida bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar