02 fev 18:24
Yangiliklar
"Bu mening muammom emas". "Al Ittihod" bosh murabbiyi Benzema haqida fikr bildirdi
Portugaliyalik mutaxassis bo'layotgan holatni o'z masuliyati doirasiga kiritmasligini va shartnoma bo'yicha mojarodan uzoq turishni afzal ko'rishini ochiq-oydin aytdi.
"Benzemaga oid barcha savollar rahbariyatga. Mening vazifam — jamoa, natija va sovrinlar. Karim — katta professional va juda yuqori darajadagi o'yinchi. U bilan ishlash men uchun sharaf", – dedi Konseysau.
Avvalroq Benzema yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar to'xtatilganini bilib, "Al Ittihod" safida o'ynashdan bosh tortgani malum bo'lgandi. Franciya OAV malumotlariga ko'ra, klub forvardga maoshni jiddiy qisqartirishni taklif qilgan, daromadning katta qismini esa tijoriy va imij huquqlaridan ajratmoqchi bo'lgan.
Franciyalik futbolchi bunday shartlarni haqorat deb qabul qilib, buni "bepul o'ynashga" majburlashga urinish deb baholagan. Natijada "Al Fath"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaslik haqidagi qaror uchrashuvga bir necha soat qolganida qabul qilingan.
Fikrlar