21 iyu 16:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Bu qiziq! Bugungi UFC oqshomida eng katta gonorarga 36 yoshli "qariya" ega chiqdi
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan bugun tongda AQSHda navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.
Turnir tashkilotchilari bugungi oqshom ishtirokchilari uchun kafolatlangan gonorarlar summasini oshkor qilishdi. Qizig'i shundaki, eng katta gonorarga markaziy yoki anderkard jangi ishtirokchilari emas, aksincha faxriy sportchi Jim Miller ega chiqdi.
36 yoshli Jim Miller bugun o'zidan 10 yoshga kichik bo'lgan Ruzvelt Robertsni nokautga uchratgandi. Miller bugungi ishtirokidan 208 ming dollar ishlab oldi. Unga mag'lub bo'lgan Robertsga esa 25 ming dollar taqdim etildi.
Havola :
Fikrlar