08 iyu 14:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Bu qiziq! Fyuri - Uaylder jangini Rojdestvo bayramida tashkil etish taklifi bildirildi
Bunday g'oya avstraliyalik promouter Din Lonergandan chiqdi.
"Bu mening taklifim. Uning ichina byudjet, o'tkazish tartibi va boshqalar kiradi. Ushbu jangni 26 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da o'tkazish taklifiga qanday qaraysiz? O'sha vaqt AQSHda Rojdestvo kechasi bo'ladi. Bu katta tarixiy voqelik bo'lardi.
Biz anchadan buyon Bob bilan hamkorlik qilamiz. Olti hafta oldin ularda Las-Vegas yoki Nyu-Yorkda jang tashkil qilish imkoni yo'qligini o'ylab qoldim. SHunday ekan, nima uchun biz muxlislarni bu erga olib kelib qiziqtira olmaymiz?", - dedi Lonergan.
Qayd etish lozimki, promouter bahsni Sidneydagi 30 ming tomoshabinlik Bankwest arenasida tashkil etishni taklif qilgan.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar