So’nggi yangiliklar

15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0

17 iyu 08:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Bueno Silva Julianna Penyaga "vyzov" tashladi, sobiq UFC chempioni javobni uzoq kuttirmadi

Kecha Las-Vegasda o'tgan UFC on ESPN 49 turnirining markaziy jangida braziliyalik Mayra Bueno Silva sobiq chempion Xolli Xolmni birinchi raundning o'zida bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.

Mayraning fikricha, aynan u Julianna Penyaga qarshi vakant bo'lib qolgan chempionlik kamari uchun jang qilishga haqli ekan. Bu vazndagi UFC chempionlik kamari Amanda Nunes tomonidan egasiz qoldirilgandi. 

"Rakelda men bilan jang qilish imkoniyati bor edi. Lekin buni istamadi. Demak, bu ishni biz Julianna bilan amalga oshirishimiz kerak. Men ham, Penya ham bunga haqlimiz. Olg'a, UFC!", - deya kechagi jangidan keyingi matbuot anjumanida keyingi rejalariga to'xtalgan Bueno Silva.

Sobiq UFC chempioni bu chorlovning javobini uzoq kuttirmadi. 

"Kimdir men haqimda gapirganini eshitib qoldim. Juda yaxshi, navbatga tur! Men sen bilan ham, Rakel bilan ham bir oqshomning o'zida hisob-kitob qilaman. Yana kim yuzi bejalgan holatga tushishini istaydi?", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Penya. 

Jurnalistlar matbuot anjumani hali yakuniga etmasidan Bueno Silvaning chaqirig'iga Penya javob berib ulgurganini aytishdi. 

"U juda kulguli. Juliana, sen menga yoqasan. Lekin men seni va Rakelni bitta urinishda yirtib tashlayman. Rakel ikkimizning jangimizni solishtirib ko'r. Balki, shundan keyin ovozingni o'chirarsan, Julianna", - deya so'ziga yakun yasagan Silva.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing