07 okt 07:55
Yangiliklar
Buenos-Ayresda III o'smirlar yozgi Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi
Marosimning kirish qismidan so'ng, ishtirokchi mamlakatlar bayroqdorlari chiqib kelishdi. O'zbekiston sport delegaciyasida erkin kurashchimiz Muhammadrasul Rahimov bayroqdor vazifasini bajardi.
Tadbir davomida yig'ilganlar ajoyib lazer shou guvohiga aylanishdi. Akrobatchilar esa o'zlarining murakkab chiqishlari bilan barchaning olqishiga sazovor bo'lishdi. Ular sportchilarga hos iroda, qiyinchiliklarga qaramay g'alabaga bo'lgan intilishni namoyish etib berishdi. Marosim uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan edi. Bir so'z bilan aytganda Argentina o'yinlarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rgani malum bo'ldi.
Xalqaro olimpiya qo'mitasi bayrog'i ko'tarilganidan so'ng o'smirlar Olimpiya o'yinlariga rasman start berildi. Bugun sportchilarimiz musobaqada bahslarga kirishadilar.
Suratlar muallifi: Anvar Ilyasov
Fikrlar