30 mar 08:20
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun 2 dzyudochimiz Tbilisi Gran-prisida ishtirok etadi
Bugun Gruziya poytaxtida davom etayotgan dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Reglamentga ko'ra, ushbu kun doirasida o'rta vazn ishtirokchilari nafaqat chempionlik va medallar, balki Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi qimmatli reyting ochkolari uchun ham kurash olib boradilar.
Musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasidan bugun 2 ishtirokchi kurashadi. Ularning musobaqadagi dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-73 kg: Hikmatillo To'raev – Nikolas Delpopolo (AQSH)
-81 kg: Kamoliddin Rasulov – Vasileios Balampanashvili (Greciya)
Eslatib o'tamiz, kechagi bellashuvlar yakunida SHarofiddin Lutfullaev -60 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Bugungi bahslarda ham terma jamoamiz vakillariga omad tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar