23 jan 14:06
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun dzyudochilarimizning Isroildagi ilk mashg'uloti o'tkaziladi
Xabar berganimizdek, kecha kunning ikkinchi yarmida dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun Isroilning Tel-Aviv shahriga jo'nab ketgan edi.
Toshkent - Tel-Aviv yo'nalishi bo'yicha uchgan samolyot 5 soatlik parvozdan so'ng Ben-Gurion nomli xalqaro aeroportga etib bordi. Terma jamoamiz delegaciyasi shahar markazidagi Publika Isrotel mehmonxonasiga joylashdi.
Bugun mahalliy vaqt bilan soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan soat 19:00)da terma jamoamizning Tel-Avivdagi ilk mashg'uloti o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Isroil Gran-prisi 24-26 yanvar kunlari o'tkaziladi. Musobaqada 18 nafar sportchidan iborat O'zbekiston terma jamoasi azolari yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar