16 sen 11:51
Yangiliklar

Bugun engilmas bokschimiz sobiq jahon chempioniga qarshi ringga chiqadi
Oqshomning markaziy jangi hamyurtimiz ishtirokida bo'lib o'tadi. Faoliyatida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Jamshid Najmiddinov yarim o'rta vazn toifasida sobiq WBC chempioni ukrainalik Viktor Postolga qarshi ringga ko'tariladi.
Kecha bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tdi. Har ikki bokschi belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Bugungi jang 10 raunddan iborat bo'ladi. G'olib bokschi keyinchalik chempionlik kamariga davogarlik qilishi mumkin.
Malumot uchun, Najmiddinov bugungacha 14 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Hisobida 9ta nokaut bor. Viktor Postol esa 29 ta jangdan 28 tasida g'alabaga erishgan. Faqat bir marotaba Terens Kroufordga qarshi jangda u WBC chempionlik kamarini boy berib qo'ygan.
Fikrlar