17 may 16:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun g'alaba qozongan 40 yoshli Overim UFC kamari uchun jang qilmoqchi
Og'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamariga sobiq davogar, 40 yoshli Alistar Overim keyingi jangida chempionlik uchun oktagonga ko'tarilmoqchi.
"Hamon g'alabaga chanqoqlik his qilyapman. CHempionlik kamari uchun jang o'tkazish rejamda bor. Ha, faoliyatimning yakuniga yaqinlashyapman. SHu sababli ham chempionlik jangini tezlashtirishim kerak", - dedi Overim bugungi jangdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, bugun Alistar AQSHning Jeksnovill shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 172 turnirining markaziy jangida amerikalik Uolt Xarrisni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar