31 may 11:38
Yangiliklar

Bugun g'alaba qozongan Byorns chempion Usmanga "vyzov" tashladi
Bugun Byorns UFC Fight Night 176 turnirida nomdor raqibi Tayron Vudlini mag'lubiyatga uchratib, kichik shov-shus sababchisiga aylangan edi. Bu Byornsning ketma-ket qozongan oltinchi g'alabasi bo'ldi.
"Aynan men Usmanning kamariga birinchi raqamli davogar bo'lishim shart. Reytingda mendan yuqoriroqda turgan jangchilarni egallab turgan o'rinlariga mos emas. Kelayotgan seshanba kuni o'zimni chempionlik uchun bosh davogar sifatida ko'rishdan umidvorman. Dena, bu jangni men uchun tashkil etib ber", - deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Byorns.
Malumot uchun, 33 yoshli Gilbert Byorns bugun qatorasiga oltinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va bu bilan chempionlik kamari uchun munosib nomzod ekanini isbotladi. Uning hisobida 19 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor.
Fikrlar