09 sen 15:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun nokautchi bokschimiz CHelyabinskda ringga chiqadi
Bugun Rossiyaning CHelyabinsk shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
“Traktor Arena”da o'tadigan boks oqshomidan 11ta jang o'rin olgan bo'lib, ulardan biri hamyurtimiz ishtirokida o'tkaziladi. Engilmas bokschimiz Ziyovuddin Tohirov rossiyalik Zaur Abdullaevga qarshi ringga ko'tariladi.
Har ikki bokschi ham
faoliyatlari mobaynida o'tkazgan janglarida mag'lubiyatsiz odimlashyapti. Izboskan
tumanilik Ziyovuddin 4ta jangning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Ekaterinburglik Abdullaev esa 5ta jangdan 3tasini muddatidan avval yakunlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar