14 may 13:46
Yangiliklar

Bugun o'tkazilgan UFC turnirida qayd etilgan barcha natijalar bitta sahifada
Kechaning markaziy jangida Glover Teysheyra Entoni Smitni 5-raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.
Ushbu sahifa orqali bugungi turnirda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishib olishingiz mumkin.
Asosiy kard:
Entoni Smit – Glover Teysheyra - Teysheyra 5-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Ben Rotvell – Ovins Sent-Pru - Ben Rotvell ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi (28-29, 29-28, 29-28).
Dryu Dober – Aleksandr Ernandes - Dober 2-raundda texnik nokaut evaziga raqibini mag'lub etdi.
Rey Borg – Riki Simon - Simon ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi (29-28, 28-29, 28-29).
Karl Roberson – Marvin Vettori - Ushbu jang Karl Robersonning sog'lig'ida muammolar bo'lgani sababli bekor qilindi.
Qo'shimcha kard:
Andrey Orlovskiy – Filipe Lins - Belaruslik Andrey Orlovskiy ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi (30-27, 30-27, 29-28).
Maykl Jonson – Tiago Moyzes - Moyzes 2-raundda og'rituvchi usul evaziga g'alaba qozondi.
Sidjara Yubenks – Sara Moras - Yuyuenks ochkolar evaziga g'olib bo'ldi (30-27, 30-27, 30-26).
Xanter Azur – Brayan Kellexer - Kellexer 2-raundda raqibini nokautga uchratdi.
CHeyz SHerman – Isaak Vilyanueva - SHerman 2-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Omar Morales – Gabriel Benitez - Omar Morales hakamlar qaroriga ko'ra ochkolar hisobida g'olib bo'ldi (30-27, 29-28, 29-28).
Navbatdagi UFC turniri 16 may kuni, Toshkent vaqti bilan 17 may tongida o'tkaziladi.
Fikrlar