26 mar 12:16
Yangiliklar
Futbol
Bugun O'zbekiston Osiyo Kubogi-2027 final hamda JCH-2026 keyingi bosqich masalasini hal qilishi mumkin
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati hamda Osiyo kubogi qo'shma saralash bosqichi doirasida Toshkentda Gongkong terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.
Uchrashuv 19:30 da «Bunyodkor» stadionida start oladi. Mazkur uchrashuvda iordaniyalik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ahmed Faisal Al-Ali, unga qanotlarda hamyurtlari Obeydat Ayman va Muhsen Ahmad yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Arahaf Muhammad ishlaydi.
Ushbu uchrashuvdagi g'alaba terma jamoamizga muddatdan avval keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim etadi.
Havola :
Fikrlar