So’nggi yangiliklar

21:50Жавоҳир Синдаров: "Энди бемалол Counter-Strike ўйнасам бўлади" 0 20:55Эшитдик-да! Самвел Бабаян истеъфога чиқди 0 20:12"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Накамура билан дуранг ўйнади 0 19:58Таэквондо. Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида илк медални қўлга киритдик 0 18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0

11 okt 13:46
Yangiliklar

Tennis

Bugun "Rolan Garros" finali. Jokovich - Nadal to'qnashuvini ko'ramiz (Prevyu)

Bugun "Ulkan toj" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining uzoq kutilgan final bellashuvi o'tkaziladi.

Hal qiluvchi bahsda "grunt" kortlar qiroli Rafael Nadal jahonning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovichga qarshi bahs olib boradi. 

O'zaro uchrashuvlar tarixi

Xech kim Nadalni Jokovichdek ko'p mag'lub etmagan, yoki aksincha. Ayni paytda o'zaro o'yindagi statistika serbiyalik tennischi foydasiga - 29:26. O'zaro o'yinlar tarixi 2006 yilda boshlangan. O'sha o'yinda Novak jarohat sabab uchrashuvni davom ettira olmagandi. So'nggi o'yin esa shu yili ATP Cup doirasida o'tkazildi va unda Jokovichning qo'li baland keldi. Ushbu g'alaba orqali Novak Serbiya terma jamoasiga turnirdagi g'alabani taqdim etdi. Undan keyin esa Avstraliya Ochiq chempionatida bosh sovringa ega chiqdi. 

Bu tennischilarning "Katta Dubulg'a" turkumidagi turnirlardagi 16-o'yini (9:6 Nadal foydasiga) va finallardagi 9-o'yini bo'ladi (4:4). "Rolan Garros" finalida esa bungacha tennischilar ikki marta to'qnash kelishgan va ularning har ikkisida Nadal g'alaba qozongan. 

Rafa Parijda o'tkazilgan ettita o'yindan oltitasida g'alaba qozongan. Ammo Novak Nadalni o'zining sevimli kortida mag'lub etgan ikki tennischidan biri hisoblanadi. 

Finalga yo'l

Jokovich yarim finalda Cicipasga qarshi qiyin o'yin o'tkazdi. U o'zining ilk matchbolini g'alabaga aylantira olmaydi va uchrashuv yakunda beshta setga cho'zilib ketdi. Nadal esa yarim finalda argentinalik Diego SHvarcmandan uch setda ustun keldi. Ammo unda ham ilk matchbolni g'alabaga aylantirishda muammolar kuzatildi. SHuningdek Rafa yarim finalda Jokovichga qaraganda 45 daqiqa kamroq harakapt qildi. 

Turnir davomida ispaniyalik tennischi 13 soat 13 daqiqalik o'yin o'tkazdi, Novak esa 14 soat 36 daqiqa vaqtini finalga etib kelishga sarfladi. 

Musobaqa davomida Jokovich yuqori saviyadagi tennis namoyish etdi, 5 setlik o'yinlar o'tkazdi. Nadal esa finalgacha umuman set yutqazmadi.


Va yana ozgina statistika

Novak Rafani "grunt" kortlarda etti marotaba mag'lub etgan. Unda Nadalni mag'lub etish uchun barcha narsa bor. SHunday bo'lsada, Nadalning "Rolan Garros"dagi statistikasi 99 ta g'alaba va 2 tagina mag'lubiyat ekanligini unutmaslik lozim. "Rolan Garros"dagi Rafael Nadal - suvdagi Maykl Felps yoki muzdagi Ueyn Gretckidek gap. 

Nadalning "Rolan Garros"dagi ko'rsatkichi 12:0 ni tashkil etadi. Yani u 12 ta finalning xech birida mag'lub bo'lmagan. Bugun unda ushbu ko'rsatkichni 13:0 qilish imkoniyati bor. 


Bizning taxmin: Nadal 4 ta setda g'alaba qozonadi (3:1). 

Siz bu borada qanday fikrdasiz? Uchrashuvga taxminlaringizni kutamiz. 

Eslatib o'tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. Bahsni "Evrosport" telekanali orqali tomosha qilish mumkin. 


Xorijiy sayt asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing