18 may 14:57
Yangiliklar

Bugun SHahobiddin Zoirov va Xurshid Tojiboev Daniyada ringga ko'tariladi, tarozidan o'tish marosimidan FOTO
Unda Rio Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov va boshqa bir bokschimiz Xurshid Tojiboev ringga ko'tariladi.
SHahobiddin gruziyalik Mishiko SHubitidzega qarshi jang qiladi. Malumot uchun, SHubitidze shu kungacha prof boksda 28 marotaba jang o'tkazgan va ularning 12 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 13 marotaba mag'lubiyatga uchragan (11 ta nokaut). 3 marotaba durang qayd etgan. SHahobiddin esa shu yilning 5 aprel kuni BAAda prof ringdagi debyutini nishonlagan va unda indoneziyalik Antoni Xoltni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Xurshidga esa gruziyalik Irakli SHariashvili raqiblik qiladi. Yodingizda bo'lsa, Tojiboev prof ringdagi ilk jangini shu yilning 23 mart kuni Polshada mezbon bokschi Kristof Rogovskiga qarshi o'tkazib, uchinchi raundda nokaut evaziga g'alaba qozongandi. Irakli SHariashvili esa shu kungacha prof boksda 8 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 5 tasida g'alaba qozongan. 2 marotaba mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut). Yana 1 marta esa durangga erishgan.
Fikrlar