25 avg 07:43
Yangiliklar
Suv sporti turlari, Olimpiya o'yinlari
Bugun Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarining ilk kuni besh nafar hamyurtimiz medallar uchun kurashga kirishdi
Kecha Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi va biroz avval sportchilar besh yil kutilgan musobaqa medallari uchun bahslarga kirishishdi.
Bugun, 25 avgust kuni 5 nafar hamyurtimiz Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida ishtiroki etadi. Ayni daqiqalarda erkaklar o'rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo'yicha S13 klassda Muzaffar Tursunxo'jaev va Islam Aslanov, ayolar o'rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo'yicha S13 klassda SHohsanamxon Toshpo'latova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralash bahsida startga chiqqan.
Quyida sportchilarimizning startga chiqish vaqtlari bilan tanishib olishingiz mumkin. (Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan).
Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarini Uzreport TV telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar