06 fev 10:54
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari

Bugun Umid Ahmadjonov boshchiligidagi O'zbekiston delegaciyasi Janubiy Koreyaga jo'nab ketadi
Xabaringiz bor, 9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o'yinlari o'tkaziladi.
Mazkur sport bayramida O'zbekiston terma jamoasi sport delegaciyasi ham ishtirok etadi. O'yinlarda yurtimiz sharafini ikki nafar sportchi himoya qiladi. Figurali uchish bahslarida Misha Ge muzga chiqsa, Komil To'xtaev tog' chang'si bo'yicha o'z omadini sinab ko'radi.
Bugun Olimpiadada ishtirok etadigan sportchi, murabbiy va rasmiy shaxslardan iborat O'zbekiston sport delegaciyasi Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligida Janubiy Koreyaga jo'nab ketadi.
Malumot uchun, sakkizinchi fevral kuni Olimpiya shaharchasida O'zbekiston bayrog'i ko'tariladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
O’xshash yangiliklar
15:42
Boks bo'yicha erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz Ozarbayjondagi xalqaro musobaqada qatnashadi 0
Fikrlar