11 noy 06:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun yosh bokschilarimiz Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi
Bugun Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati start oladi.
Musobaqada o'g'il bolalar o'rtasida 113, qizlar o'rtasida esa 67 nafar bokschi g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Bugun chempionat doirasida ikki nafar o'zbekistonlik bokschi o'z yurishini boshlaydi:
-52 kg: Mirzabek Mirzahalilov - Nurseit Ashirmamatov (Qirg'iziston)
-60 kg: Rahmatillo Toshpo'latov - Jiaxao Kian (Xitoy).
Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 12:00 dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar