07 iyu 14:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugungi UFC 250 turnirining bonuslari kimga nasib qildi?
Bugun tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC 250 turniri bo'lib o'tdi.
Ananaga ko'ra tashkilotchilar barcha janglar yakunlanganidan so'ng bonus sohiblarini elon qildi. Lekin oqshomning eng yaxshi jangi aniqlanmadi. Haqiqatan ham bugungi turnirda eng yaxshi bo'lishga loyiq yorqin jangga guvoh bo'lmadik.
Bugun g'alabaga erishgan jangchilardan Aljameyn Sterling, Kodi Garbrandt, SHon O'Meyli va Aleks Peres gonorarga qo'shimcha tarzda 50 ming dollardan bonus puliga ega bo'lishdi.
Malumot uchun, Sterling ikki daqiqa ichida Kori Sandxegenni nokautga uchratdi. Kodi Garbrandt ikkinchi raundning so'nggi soniyalarida Rafael Assunsaoni engdi. O'Meyli va Peres esa birinchi raundda o'z raqiblarini "tinchitishdi".
Havola :
Fikrlar