14 iyu 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugungi UFC oqshomining bonus egalari malum, ro'yxatda Zarruxning raqibi ham bor!
Xabar berganimizdek, bugun tong saharda Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida UFC oqshomi bo'lib o'tdi.
UFC VEGAS2 ESPN turniri tashkilotchilari gonorardan tashqari eng yaxshi jang uchun beriladigan qo'shimcha bonus sohiblarini elon qilishdi. Lekin bugungi turnirda eng yaxshi jang aniqlanmadi. CHunki, eng yaxshi bo'lish uchun nomzod jang kuzatilmadi.
Marvin Vettori, Mariya Agapova, Kristian Agiler hamda hamyurtimiz Zarrux Adashevni nokautga uchratgan Tayson Nem tashkilotchilar tomonidan etirof etilib, bugungi g'alaba uchun 50 ming dollardan qo'shimcha bonusga ega bo'lishdi. Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt matbuot anjumanida xabar berdi.
Havola :
Fikrlar