21 iyu 16:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugungi UFC oqshomining eng yaxshi jangi elon qilindi
Bizning vaqt bian bugun tongda AQSHda navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida rossiyalik Aleksandr Volkov amerikalik Kyortis Bleydsga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. Turnir tashkilotchilari bugungi kechaning eng yaxshi jangini aniqlashdi. Bu markaziy jang emas.
Aksincha, amerikaliklar - 35 yoshli Josh Emmet hamda 29 yoshli SHeyn Burgos o'rtasida kechgan bahs Vegas 3 turnirining eng yaxshi jangi deb topildi. Ularga qo'shimcha 50 ming dollardan bonus puli ham berildi.
SHuningdek, 36 yoshli Jim Miller ham bonusga loyiq ko'rildi. U o'zidan 10 yoshga kichik bo'lgan Ruzvelt Robertsni nokautga uchratdi. Emmet - Burgos jangida esa Josh raqibidan 29-27, 29-28, 29-28 hisobida ustun kelgandi.
Havola :
Fikrlar