27 dek 10:52
Yangiliklar
Futbol

"Bunyodkor" terma jamoamizning ikki futbolchisi bilan muzokara olib boryapti
Toshkent jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.
"Qaldirg'ochlar" O'zbekiston terma jamoasining ikki futbolchisi Jamshid Iskanderov va Jamshid Boltaboev bilan muzokara olib bormoqda. Hozirda futbolchilar yakuniy qarorga kelmagan.
Eslatib o'tamiz, har ikki yarim himoyachi o'tgan mavsumni "Navbahor"da o'tkazdi. Iskandarov yakunlangan mavsumda Superligada 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.
Jamshid Boltaboev ham o'tgan mavsum 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 tadan gol va golli uzatma bor.
Havola :
Fikrlar