22 jan 17:52
Yangiliklar
"Bunyodkor"da o'ynagan Pishurning o'g'li "Jirona"ga o'tmoqda
Insayder Fabricio Romano malumotlariga qaraganda, "Jirona" 20 yoshli ukrainalik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Vengriya jamoasi hujumchini sotish orqali 1 mln evro daromad qiladi.
Oleksandr Pishur 2025 yilning fevral oyida 150 ming evro evaziga "Dirmot"dan "Dor" jamoasiga o'tgandi.
Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 20 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali Pishurning bozordagi narxini 250 ming evro deb baholamoqda.
Kichik Pishur o'tgan yili U-20 Jahon chempionatida ham qatnashgan va 1 ta gol urgandi. Ukraina yoshlari mundialda guruhdan chiqqan va pley-offda Ispaniyadan engilgan edi.
Malumot o'rnida, u 2013-14 yillarda "Bunyodkor", 2016 yil "Navbahor", 2017 yil esa "SHo'rtan"da to'p tepgan hujumchi Oleksandr Pishurning o'g'li sanaladi.

Fikrlar