So’nggi yangiliklar

20:31MMA оламининг Макгрегор - Холлоуэй жангига муносабати: "Конор Конорни мағлуб этди" 0 19:53Фабио Каннаваро Ўзбекистон миллий терма жамоасидаги фаолиятини давом эттирадими? 0 19:05Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг UFC 329 турнирдаги мағлубиятини изоҳлади 0 18:39Макс Холлоуэй Макгрегор билан жанг вақтида реваншни тўхтатишни сўраган экан 0 18:14"Мени устимдан куляпсизларми?" Дана Уайт UFC 329 даги ноқулай ҳолатга изоҳ берди 0 17:47Инфантино Жаҳон чемпионати иштирокчиларини янада кўпайтириш эҳтимолини истисно қилмади 0 17:17Макс Холлоуэй UFC тарихида бундай натижани қайд этган 20-спортчига айланди 0 16:43UFC ҳавас қиладиган кардни жамлаган RAF турнирининг барча натижалари 0 16:16Макгрегор тилга кирди ва ғалати мағлубияти сабабини айтди 0 15:48Рафинья “Ал Ҳилол”га йўл оладими? 0 15:15Жастин Гэтжи фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:49Конор сўнгги бешта жангида тўртинчи марта мағлуб бўлди 0 14:13Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида иккинчи олтин медалини қўлга киритди 0 13:46Месси реферига эътироз билдирди: "Ҳурматсизлик қилманг!” 0 13:18Ярим финалга энг кўп қайси давлат терма жамоаси боксчилари етиб келди? 0

16 avg 15:50
Yangiliklar

Voleybol

Buxoroda maktab o'quvchilari o'rtasida voleybol musobaqasi o'tkazildi

Teglar :  VoleybolBuxoro
Maktab o'quvchilarining yozgi dam olish kunlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida turli sport musobaqalari o'tkazilmoqda.

Buxoro viloyati Peshku tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabida “Sog'lom tanda – sog' aql” shiori ostida tashkil etilgan turnirda viloyat, shahar va tumanlardagi umumtalim maktablarining 200 nafarga yaqin sportsevar qizlari ishtirok etdi. Musobaqa yuqori saviyada, murosasiz bahslarga boy bo'ldi.

Turnirda ishtirokchilar yosh toifasiga qarab ikki guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun bahs olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko'ra quyi guruhda Kogon tumani jamoasi faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, Qorako'l tumani jamoasi shohsupaning ikkinchi pog'onasini band etdi. Bu jamoa yosh voleybolchilari hal qiluvchi o'yinda Olot tumanidan kelgan tengdoshlariga imkoniyatni boy berdi.

Yuqori sinf o'quvchi qizlari o'rtasidagi qizg'in bahlardan so'ng final o'yiniga mezbon – Peshku hamda Buxoro shahri jamoalari etib kelishdi. Unda Buxoro shahri jamoasi g'alaba qozondi. 3-o'rin SHofirkon tumani voleybolchi qizlariga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g'olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing