So’nggi yangiliklar

19:58Никита Белозерцев Анқара Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 19:27Лапорта: “Бу йил "Барселона" йили бўлиши керак” 0 18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0 18:25Умар Нурмагомедов Абу-Дабидаги ҳодисага илк бор изоҳ берди 0 17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0 14:48Диего Симеоне Ла Лигада Луис Арагонеснинг тарихий мураббийлик рекордини янгилади 0 14:17Қозоғистон билан бирга Ҳиндистон ҳам UFC турнирига илк бор мезбонлик қилиши мумкин 0 13:46Ўзбекистон елканли спорт федерацияси World Sailing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 13:13Асу Алмабаев мағлубиятдан кейин: "Ғолиб бўлдим, деб ўйлагандим" 0 12:42U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз Ямайкага қарши баҳс олиб боради 0

01 okt 13:27
Yangiliklar

Futbol

Buyuk Britaniya sport vaziri "Manchester Siti" uchun eng yomon oqibatlarni istisno etmayapti

Teglar :  Manchester Siti
Buyuk Britaniya madaniyat va sport vaziri Liza Nendi APL mustaqil komissiyasining "Manchester Siti" tomonidan moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzish ishi bo'yicha qaroriga munosabat bildirib, "shaharliklar" uchun eng og'ir jazo chorasini istisno qilmadi.

Nendi ushbu masalada "Manchester Siti"ni quyi ligaga tushirib yuborish kabi jazoni istisno qilib bo'lmasligini takidladi, chunki liganing nufuzi aynan shunga bog'liq. SHuningdek, qoidalar aniq va izchil bo'lishi lozim:

"Aytishim mumkinki, eng og'ir jazo chorasi haqiqatan ham juda jiddiy. Nazarda tutayotganim shuki, agar bunday turdagi ayblovlar o'z tasdig'ini topsa, klub Premer-ligadan chetlatilishi mumkin, bu esa, tabiiyki, barcha uchun ulkan oqibatlarni keltirib chiqaradi.

SHu sababli ko'zda tutilgan sankciyalar juda og'ir, mening fikrimcha, bundan ham muhimroq masala shundaki, biz qoidalarning aniq tushunarli bo'lishini, ularga rioya qilinishini va izchil qo'llanishini, shuningdek, qoidabuzarliklar yuz berganda tezkor chora ko'rish imkoniyatini qanday taminlashimiz kerakligidadir.

Premer-liga — bizning eng asosiy eksport mahsulotlarimizdan biri. U millionlab insonlarga quvonch ulashadi va biz uni kelajakda muxlislar uchun himoya qila olishimizga ishonch hosil qilishni istaymiz", – dedi Nendi “Channel 5 News” efirida.

2.jpg

Eslatib o'tamiz, mustaqil komissiya "Manchester Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda moliyaviy feyr-pleyni buzganlikda aybdor deb topdi, biroq "shaharliklar"ga nisbatan hali hech qanday jazo chorasi elon qilinmadi: bu komissiyaning keyingi faoliyati davomida amalga oshiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing