06 avg 11:18
Yangiliklar
Carukyan - Oliveyra jangi bekor qilinishi sababi malum bo'ldi
CHunki barcha 19 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 331 turnirida Arman braziliyalik CHarlz Oliveyra bilan jang qilishini kutayotgan edi. BMF kamari sohibi haqiqatan ham ushbu turnirda ishtirok etishi kerak edi, biroq u jangdan bosh tortdi.
Braziliyalikning jamoasiga yaqin manbalarning xabar berishicha, Oliveyra Carukyan bilan revansh jangidan voz kechgan. Bunga uning jamoadoshi Allan Nasimentoning vafoti sabab bo'lgan. Nasimento uch kun avval uyqusida yurak xuruji tufayli hayotdan ko'z yumgandi.
Carukyan va Oliveyra o'rtasidagi jang revansh maqomida bo'lishi kerak edi. Ularning ilk to'qnashuvi 2024 yilning aprel oyida bo'lib o'tgan va hakamlarning ayri qarori bilan rossiyalik engil vaznli jangchining g'alabasi bilan yakunlangan edi.

Fikrlar