13 fev 11:12
        Yangiliklar	
	
				
				    Qishki sport turlari			    
				 
				
			 
				CAS bugun Kamila Valieva ishini ko'rib chiqadi
Sport arbitraj sudi (CAS) bugun rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valievaning ishini ko'rib chiqishni boshlaydi, deb xabar bermoqda CAS rasmiy sayti. 
			Valievaning ishi videokonferenciya formatida o'tkaziladi.
12 fevral kuni CAS Xalqaro figurali uchish ittifoqi (ISU) murojaatini ro'yxatga oldi. Sud XOQ va WADA'ning doping-testi ijobiy natija bergan 15 yoshli figurali uchuvchining diskvalifikaciyasini to'xtatib turish haqidagi apellyaciyasini qabul qildi.
Valievaning yakkalik bahslarida ishtirok etishi bilan bog'liq vaziyat bo'yicha qaror 14 fevral kuni tushdan keyin elon qilinishi malum qilindi.
Eslatib o'tamiz, Valieva Rossiya terma jamoasi tarkibida Pekin Olimpiadasining jamoaviy bahslarida g'olib chiqqandi. Ammo unda doping aniqlangani sababli taqdirlash marosimi hali o'tkazilmadi.
            Havola            :         
                    Manba                : CAS
             
			
Fikrlar