06 may 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Cexudo: Braziliyadan olib chiqish uchun unga uylanishga ham tayyorman
Birinchi engil vazn toifasida UFC chempioni Genri Cexudo sobiq kamar sohibi Jose Alduga qarshi tez orada jang qilishga umidvor.
“Uaytga Kruzga qarshi jang qilishga tayyorligimni aytdim va bu amalga oshmoqda. Lekin Aldu bilan jang qilish umididan hali ham voz kechmadim. Unda viza bilan muammo bor. Jozeni Braziliyadan olib chiqish uchun unga uylanishga ham tayyorman. Men hozir hazillashmadim, agar buni foydasi tegsa, buni qilaman”,-dedi Genri.
Eslatib o'tamiz, aslida Cexudo Alduga qarshi 9 may kuni Braziliyada jang qilishi lozim edi, ammo koronavirus sababli turnir bekor qilingandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar