10 jan 17:16
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi" Bellingemni nishonga oldi. "Real" bunga munosabatini bildirdi
"CHelsi" "Real" xavbeki Jud Bellingemni short-listiga kiritdi.
Futbolchi Koul Palmerga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda. Angliyalik futbolchiga "Manchester Siti" qiziqmoqda. Qayd etilishicha, londonliklar agar Palmerni sotib yuborsa, Bellingemni o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi. "Ko'klar" xavbekni sotib olish juda qiyin bo'lishini tushunib turibdi.
Gap shundaki, "Real" futbolchini sotmoqchi emas. Hatto "astronomik taklif" ham "qaymoqranglilar"ning poziciyasini o'zgartirmaydi. Jud Bellingemning o'zi ham Madridni tark etmoqchi emas.
Havola :
Manba : Fichajes
Fikrlar