So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

12 jan 13:16
Yangiliklar

Futbol

"CHelsi" sobiq futbolchisi hayot bilan vidolashish arafasida ekanini malum qildi

Og'ir dardga chalingan "CHelsi" va Belgiya U-21 terma jamoasining 33 yoshli sobiq yarim himoyachisi Lamisha Musonda hayot bilan vidolashish arafasida ekanini malum qildi.

"Menda bor-yo'g'i bir necha kun qolganini anglayapman va shu bilan birga, qanchadan-qancha odamlar mening yonimda bo'lganini ham his qilyapman — bu xotiralarni umrim davomida qadrlab yuraman. Hayot og'ir, ammo atrofda baribir juda ko'p go'zallik bor.

Hayot ko'tarilish-qulashlardan iborat va inson duch keladigan og'riqni hech kim to'liq anglay olmaydi. Oxirgi ikki yil men uchun ayniqsa og'ir va holdan toydiruvchi bo'ldi. Katta alam bilan sizga shuni malum qilamanki, men sog'lig'im uchun kurashyapman — aynan shu sababli uzoq vaqt ijtimoiy tarmoqlarda ko'rinmadim.

Men achchiq haqiqatni qabul qilishga majbur bo'ldim: ahvolim o'ta og'ir va endi men hayotning o'zi uchun kurashyapman. Bu davrda sizning qo'llab-quvvatlashingiz va duolaringiz men uchun katta tasalli bo'lar edi. Oilam bilan birga kurashyapmiz va oxirgi nafasimgacha taslim bo'lmayman.

Men go'zal yoshlikni boshdan kechirish baxtiga ega bo'ldim va yana ko'p ishlar qilishim mumkin edi. Juda ko'p odamlarga shaxsan minnatdorlik bildirishni istardim. Biroq bu imkoniyatga ega bo'lmasligim meni qattiq ranjitadi".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing